Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Termiz shahrida joylashgan “Z.Z.O.” MCHJga qarashli AYOQSHda isteʼmolchilarga avtobenzinni toʻla hajmda sotilishi namunaviy oʻlchagich yordamida oʻlchab koʻrilganda ruxsat etilgan meyordan tashqari har 10 litrdan 0,100 litr kam quyilayotgani maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.