Mazkur holat Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani, Temiryazov koʻchasida tasvirga olingan.

Bugungi kunda haqiqatdan ham avtobenzinga boʻlgan talab oshganligi sababli ayrim fuqarolar tomonidan oʻzlarining shaxsiy avtomashinalarida AYOQSHlardan benzin xarid qilib, uni avtomashina bakidan chiqarib qoʻlda noqonuniy ravishda sotish holatlari uchramoqda.

Mazkur holatlarni bartaraf etish maqsadida muntazam ravishda huquqni muhofaza qilish organlari, Davlat soliq va Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmalari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida oʻtkazilgan tadbirlar davomida Jizzax viloyatining turli hududlarida fuqarolar tomonidan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalaridan 5 700 soʻmdan sotib olingan AI-80 markali avtobenzinni 10 000 soʻmdan 15 000 soʻmgacha sotilayotgani aniqlanib, ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Xususan, Jizzax shahri va Sh.Rashidov tumanlarida bir necha fuqarolar tomonidan jami 645 litr avtobenzin noqonuniy ravishda sotilayotgani aniqlanib, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.