“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan Berdaq hayoti va ijodi haqida “Amu sohili kuychisi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda.
Mazkur film yetuk shoir, qoraqalpoq mumtoz adabiyoti asoschisi Berdaq taxallusi bilan ijod qilgan Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli haqida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olinmoqda. “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri.
Ssenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov.
Filmning suratga olish ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatau tumani Berdaq bogʻida, Qoraqalpoq davlat universitetida, Berdaq muzeyida boʻlib oʻtmoqda.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati