Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining qoʻlyozma fondiga ajoyib eksponat qoʻshildi.
Muzey xodimlarining Qoraoʻzak tumaniga tashkilashtirgan ilmiy ekspeditsiyasi davomida Murat shayx avlodi tomonidan muzeyga bebaho eksponat — qadimiy Qurʼoni karim qoʻlyozma kitobi topshirildi.
Toʻliq saqlangan mazkur muqaddas kitob teri va teri muqobilidan ishlangan boʻlib, hijriy 1285-yil, milodiy hisobda 1868-yilda koʻchirilgan.
Maʼlumot sifatida, hazrat Murat shayx oʻz davrining olimi hisoblangan. Uning maqbarasi Qoraoʻzak tumani “Madaniyat” ovul fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.