Siyosatchi bu haqda Tagesspiegel nashriga bergan interv`yusida ma'lum qilgan.

 “Bizning shahrimiz birodar Moskvaga o'z taklifini jo'natdi”, dedi shahar meri.

Nashrning qayd etishicha, Berlin kasalxonalaridagi yigirma ming yotoqdan qariyib, sakkiz mingtasi bo'sh turibdi.

Ilgari shunday taklifni Saksoniya Bosh vaziri Maykl Krechmer ham bildirgan edi.

Spiegel nashriga bergan interv`yusida siyosatchi Rossiyada koronavirusni engish uchun birgalikda harakat qilish, bemorlarni Germaniya klinikalarida davolash tashabbusi bilan chiqqan edi.

Ma'lumki, COVID-19 pandemiyasining birinchi to'lqini paytida Germaniya klinikalari boshqa mamlakatlar, jumladan, Frantsiya va Italiyadan kelgan bemorlarni qabul qilgan.