Mazkur keng qamrovli taqdimot yurtimizda amalga oshirilgan arxeologik topilmalarga bagʻishlanadi va eramizdan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmi – Aleksandr Makedonskiy hukmronligi davridan to eramizning IV asri Kushonlar hukmronligining soʻnggi yillarigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.

Koʻrgazmalar ikki hududda – Jeyms Saymon galereyasida va Berlin Yangi muzeyida oʻz “sepini” yoyadi va 2023-yil 4-maydan 2024-yil 14-yanvarigacha ochiq boʻladi.