— So‘nggi paytlarda O‘zbekiston, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari Germaniya va Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni jadal surʼatlar bilan rivojlantirmoqda.

31 oktyabr – 2 noyabr kunlari Germaniya federal tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Oliy darajadagi ko‘plab uchrashuv va muzokaralar, O‘zbekiston-Germaniya va O‘zbekiston-Yevropa hamkorligiga oid dolzarb masalalar muhokama qilingani hozirdanoq ijobiy samaralar bermoqda. Mazkur tashrif O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi yana-da yaqin hamkorlikka muhim turtki bo‘ldi.

O‘zbekiston boy va o‘ziga xos madaniyatga ega mamlakat. Men o‘zim bir necha bor sayohatlarim davomida bu yurt  qanchalik go‘zal ekanligiga amin bo‘lganman. Nafaqat tarixiy meros, balki o‘zbek xalqining madaniyati, mehmondo‘stligi nuqtai nazaridan ham.

Shu munosabat bilan Germaniya aholisi va yevropaliklarni O‘zbekistonning islomgacha bo‘lgan madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yaqin kunlarda Berlinda «O‘zbekiston – Aleksandr Makedonskiydan  Kushon imperiyasigacha» nomli katta ko‘rgazma tashkil etishni rejalashtirganmiz. Ko‘rgazma Jeyms Saymon galereyasida 2023 yil aprel – oktyabr oylarida bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekistondagi turli muzeylardan olib kelinadigan 270 ta arxeologik eksponat taqdim etiladi.

O‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorligimiz yana-da kengayadi, degan umiddaman, chunki buning uchun ikki davlat siyosatchilari barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.