Germaniyaning “lifepr.de” yangiliklar portalida «O‘zbekiston arxeologik xazinalari – Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar davrigacha» sarlavhali maqola eʼlon qilindi. Unda joriy yilning 4 mayidan 5 noyabriga qadar Berlinda «O‘zbekiston arxeologik xazinalari – Aleksandr Makedonskiydan  Kushonlar davrigacha» nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tishi maʼlum qilingan. «Tadbir Berlin davlat muzeylari tomonidan O‘zbekiston Sanʼat va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etilmoqda», deb yozadi manba.

Maqolada taʼkidlanishicha, ko‘rgazmada Aleksandr Makedonskiy yurishlari – ularning Makedoniyadan tortib O‘zbekiston Janubi-Sharqidagi istehkomlardan topilgan so‘nggi arxeologik topilmalargacha eʼtibor qaratilgan.

Ko‘rgazmaning ochilish qismida Berlin davlat muzeylarining turli kolleksiyalari saqlanayotgan Aleksandr Makedonskiy davriga oid turli buyumlar namoyish etiladi.

«Jeyms Saymon galereyasida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmaning diqqat markazida Kushon imperiyasi davridagi  madaniyat va sanʼat asarlari  bo‘ladi, deb yozadi portal. Monastirlar, ibodatxonalar va ziyoratgohlardagi qadimiy hukmdorlarning suratlaridan tashqari, buddaviylik xudosi va rohiblarning ulkan haykallari, shuningdek, ajoyib sifatdagi freskalar saqlanib qolingan. Ko‘rgazmada ushbu taʼsirchan eksponatlar Osiyo sanʼati muzeyi kolleksiyasidan Gandhara sanʼati tasvirlari bilan taqqoslanadi, uning kelib chiqishi yunon mifologiyasi borib taqaladi».

Ko‘rgazma Prussiya madaniy merosi Vasiylik kengashi tomonidan moliyalashtiriladi.