Bu haqda Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisasi oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirda bolalarning umumiy ahvoli yaxshi. Avtomashina ichida boʻlgan barcha bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularda tan jarohatlari aniqlanmagach, uylariga ruxsat berildi.
Shu kunning oʻzida Beruniy tumani hokimligi, prokuratura, Ichki ishlar boʻlimi rahbarlari boshchiligida tumandagi barcha mahalla yettiligi hamda davlat va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari bilan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Holat boʻyicha tegishli masʼullarga xizmat tekshiruvi va sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Bu holatlarning sodir boʻlmasligi, qayta yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari jiddiy ogohlantirildi.