Beruniyda bogʻcha bolalarini olib ketayotgan avtomashina halokatga uchradi

    Shu yil 19-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida bogʻcha bolalarini olib ketayotgan avtomashina halokatga uchrashi oqibatida kamida ikki nafar bola tan jarohat oldi.

    Holat boʻyicha Beruniy tumani axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, 2024-yil 19-iyun kuni soat 09:55da Beruniy tumani Shabboz OFYda yashovchi S.G. oʻzining boshqaruvidagi Nekciya-3 mashinasi bilan yoʻl transport hodisasi sodir etgan.

    Oqibatda 2 nafar bola tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan va tibbiy yordam koʻrsatilgan.

    Holat Beruniy tumani Quruvchilar koʻchasidan oʻtuvchi 4R161 avtomabil yoʻlining 16-17km larida sodir boʻlgan.

    Xabarda aytilishicha, holat boʻyicha yaqin soatlarda toʻliq maʼlumotlar taqdim etiladi.