Bu erda 25 nafar ishchi xodimning 15 nafarini “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”da ro'yxatda turuvchi yoshlar tashkil etadi. Bu erda ishchilar uchun alohida xonalar tashkil etilgan. Ular har kuni bepul 3 mahal issiq ovqat bilan ham ta'minlanadi.

Gaz quyish shoxobchasining ochilish marosimida jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirok etdi.

Bu kabi xizmat ko'rsatish ob'ektlarining tashkil etilayotgani aholiga qulaylik yaratish bilan birga, fuqarolarni doimiy ish bilan ta'minlash imkonini ham bermoqda.

Minajatdin Qutlimuratov,

«Yangi O'zbekiston» muxbiri