Fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” oʻrgangan holda joyida va tezkor hal etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, respublikamiz viloyatlarida may-iyul oylari mobaynida 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, sektorlar hamda hududiy tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Xususan, qabullarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Sogʻliqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Xalq taʼlimi vazirliklarivazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
Mazkur qabullar joriy yilning 5-11-may kunlariFargʻona viloyatidan boshlanadi.
Ommaviy qabullar oʻtkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.
Fargʻona viloyatida oʻtkaziladigan
ommaviy qabullar jadvali*
|
Aholi keladigan hududlar nomi |
Ommaviy qabul oʻtkaziladigan joy |
Sana va vaqti |
|
Qoʻqon sh. Dangʻara,Oʻzbekiston , Beshariq va Furqat tumanlari aholisi uchun |
Qoʻqon universiteti binosi |
5-may, |
|
Bogʻdod, Buvayda, Uchkoʻprik,Rishton va Soʻx tumanlari aholisi uchun |
Bogʻdod tumanidagi Konizar Nuroniylar bogʻi |
6-may, |
|
Qoʻshtepa, Yozyovon, Oltiariq tumanlari aholisi uchun |
Qoʻshtepa tumanidagi 1-IDUM (eski Transport kolleji) |
7-may, |
|
Margʻilon sh., Toshloq, Quva tumanlari aholisi uchun |
Margʻilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bogʻi |
10-may, |
|
Fargʻona t, Fargʻona sh, Quvasoy sh. aholisi uchun |
Fargʻona tumanidagi Mozortagi istirohat bogʻi |
11-may, |
* Ommaviy qabullar oʻtkaziladigan baʼzi joylar obyektiv sabablar tufayli oʻzgarishi mumkin. Shuning uchun bir kun avval Fargʻona viloyati Xalq qabulxonasi telefon raqami orqali: +998 73-244-10-00 aniqlik kiritib kelishingiz soʻraladi.
Keyingi viloyatlardagi ommaviy qabullar haqida oldindan maʼlum qilinadi.