Dunyoning eng kuchli atletlari qatnashadigan musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi.
Butunjahon yengil atletika federatsiyasi mazkur dunyo birinchiligida Oʻzbekiston terma jamoasining 5 nafar aʼzosi qatnashishini tasdiqladi. Unga koʻra, Yekaterina Voronina yetti kurash, Sharifa Davronova uch hatlab sakrash, Anvar Anvarov uzunlikka sakrash, Safina Sadullayeva balandlikka sakrash, Yekaterina Tunguskova marafon yugurish dasturlarida oʻz omadlarini sinab koʻradi.
Qayd etish joiz, bellashuvlar davomida sportchilarimiz Parij-2024 normativlarini bajarishsa, Olimpiada yoʻllanmalarini ham qoʻlga kiritishi mumkin. Sportchilarimiz musobaqada quyidagi sanalarda chiqishadi:
19-avgust: Yekaterina Voronina (100 metrga toʻsiqlar osha yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish va 200 metrga yugurish), Sharifa Davronova (saralash);
20-avgust: Yekaterina Voronina (uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish, 800 metrga yugurish);
21-avgust: Sharifa Davronova (final);
23-avgust: Anvar Anvarov (saralash);
24-avgust: Anvar Anvarov (final);
25-avgust: Safina Sadullayeva (saralash);
26-avgust: Yekaterina Tunguskova (final);
27-avgust: Safina Sadullayeva (final).