Besh tashabbus – besh imkoniyat

    endi biz tumanning barcha ijodkor yoshlarini aniqlab, o'z ishimizni keng masshtabda tashkil etish ustida ishlamoqdamiz

    Mamlakatimizda yosh avlodni ma'naviy barkamol inson etib tarbiyalash, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni tashkil etish, ularning san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o'qishga qiziqishini oshirish bo'yicha beshta muhim tashabbus doirasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladilar.

    Dastlab birinchi tashabbus bo'yicha madaniyat, adabiyot, san'atga qiziquvchan yoshlar o'z iqtidorlarini namoyish etishdi. Tasviriy san'at asarlari, o'quvchilar tomonidan tayyorlangan milliy qo'g'irchoqlar va liboslar ko'rgazmalari yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

    Tadbir davomida maktab o'quvchilari tomonidan yoshlar bog'ining davlatimiz rahbari tashabbuslariga moslab tayyorlangan 5 yo'lagida 5 ta tashabbus bo'yicha tashkil etilgan to'garaklar taqdimoti namoyish etildi.

    “Prezidentimiz ilgari surgan besh muhim tashabbus o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashga qaratilgani bilan g'oyat ahamiyatli. YOshlarni bolaligidanoq sportga, san'atga, til o'rganishga va kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otish borasida olib borilayotgan bu kabi tadbirlar esa kelajakda o'z samarasini beradi ”, –deydi tuman Xalq ta'limi bo'limi mudiri Umid Nurov.

    Tadbir davomida o'quvchilar o'rtasida “YOshlar bog'i-qaynoq ijod maskani!” mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.Unda faxrli o'rinlari egallagan yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

    SHu kuni madaniy tadbir ham tashkil etildi. “Mazkur tadbir yoshlarda “Beshta muhim tashabbus” doirasida tizimda amalga oshirilayotgan ishlar ko'lamini kengaytirish, o'quvchilar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida o'tkazildi.

    Bugungi tadbir avvalgilaridan nihoyatda farq qildi. Ushbu ijod saylida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surgan muhim besh tashabbusning mantiqiy davomi hisoblangan va joriy yilning 26 mart kuni imzolangan PQ-5040 sonli "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror ijrosini ta'minlash maqsadida umumta'lim maktablarida joriy etilgan "Ma'naviyat targ'ibotchilari" ning ham o'rni sezilmoqda. endi biz tumanning barcha ijodkor yoshlarini aniqlab, o'z ishimizni keng masshtabda tashkil etish ustida ishlamoqdamiz-, deya ta'kidladi tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Ma'ruf Karimberdiev.

    SHundan so'ng yoshlar bilan uchrashuv ham tashkil etildi. Suhbat jarayonida yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, bandligini ta'minlash, ularga berilayotgan imtiyoz va qulayliklar bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

    Qorako'l tumani hokimligi matbuot xizmati