Timakovning taʼkidlashicha, barcha viruslar mutatsiyaga uchraydi va koronavirus ham bundan mustasno emas. Shu bilan birga yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassisning fikriga koʻra, COVID-19 da bu oʻzgarishlar uning genomini oʻzgartirish nuqtayi nazaridan ahamiyatli emas.
“Besh-yetti yil ichida koronavirus yuqadi, yuqumli boʻladi, ammo bu holat asoratlarni kamroq keltirib chiqaradi,” dedi mutaxassis. Uning soʻzlariga koʻra, hozirda Buyuk Britaniyada xuddi shu narsa kuzatilmoqda. Virus 70 foizga koʻpaygan, biroq uning ogʻirroq ekanligi haqida maʼlumotlar yoʻq.
14-dekabr kuni Buyuk Britaniya Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkokning aytishicha, ingliz olimlari koronavirusning maʼlum shtammlariga qaraganda tezroq tarqalishidan yangi mutatsiyaga uchragan turini aniqladilar. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson yangi koronavirus mutatsiyasi virusning boshqa turlariga qaraganda 70 foiz koʻproq yuqishini aytdi.