Keyingi yillarda ipakchilik tarmogʻiga yangi loyihalar izchillik bilan tatbiq etilmoqda. Xususan, Beshariq tumanida “Beshariq ipagi” pillachilik klasteri tashkil etilib, hosilni yetishtirishdan boshlab, qayta ishlashgacha boʻlgan jarayonlarni toʻliq qamrab olish choralari koʻrilyapti. Bu, albatta, oʻz ijobiy natijasini ham koʻrsatyapti.
Beshariq tumani pillakorlari mavsumda 3 360 quti ipak qurtini agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlab, Fargʻona viloyatida eng koʻp, 188 tonna “kumush tola” yetishtirdilar va birinchilar qatorida shartnoma rejalarini bajardilar.
Yana bir jihat, klaster rahbari Mahmudjon Mahmudovning aytishicha, oʻtgan yilda 500 ming dollarlik ipak eksport qilingan boʻlsa, joriy yilda bu raqam 1 million dollarga yetkaziladi, deb xabar beradi Fargʻona viloyat hokimligi matbuot xizmati.