«Janubiy okean olimlar tomonidan azaldan tan olingan, ammo xalqaro miqyosda bunday kelishuv boʼlmaganligi sababli biz uni rasman tan olmasdik», — deydi jamiyat geografigi Aleks Teyt.
Uning aniqlik kiritishicha, yillar davomida mutaxassislar Antarktida atrofidagi suvlar oʼz nomlariga munosib boʼlishlari uchun oʼziga xos xususiyatlarga egami yoki yoʼqligini muhokama qilishgan. Taʼkidlanishicha, Xalqaro gidrografiya tashkiloti 1937 yilda Janubiy Okeanni tan olgan va 1953 yilda ilmiy jamoatchilik bosimi tufayli ushbu qarorni bekor qilgan edi.
Janubiy okean Antarktidani janubiy kengligining 60 gradusigacha oʼrab turgan suvlarning katta qismini oʼz ichiga oladi, Dreyk boʼgʼozi va Skosh dengizidan tashqari.
Boshqa okeanlar ularni qamrab olgan qitʼalar tomonidan belgilangan boʼlsa, Janubiy okean antarktika sirkumpolyar oqimi bilan belgilanadi. Shu paytgacha ilmiy hamjamiyat toʼrtta okeanni, yaʼni Atlantika, Tinch, Hind va Shimoliy Muz okeanlarini tan olgan.