Qarorga koʻra, “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi tashkil etiladi.
Maxsus zonaning hududi Qoraqalpogʻiston Respublikasining butun hududi hisoblanadi.
Maxsus zona doirasida quyidagilarga ruxsat beriladi:
- mayningni amalga oshirish uchun yagona elektr energetika tizimi va barcha turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalar, shuningdek, vodorod elektr stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanishga;
- mayning natijasida olingan kripto-aktivlar belgilangan tartibda milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotilishiga va (yoki) ularni boshqa likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlashga va boshqalar.
“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi direksiyasi” tashkil etiladi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish boʻyicha ishchi organ etib belgilandi.
Talabgorlar (yuridik shaxslar) maxsus zona rezidentligini va mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish toʻgʻrisida ariza bilan Direksiyaga murojaat qiladi.
2035-yil 1-yanvarga qadar rezidentlarning mayning faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq operatsiyalardan olingan daromadlari soliq va yigʻimlardan ozod qilinadi.