Muzokaralar chogʻida “Better Cotton Initiative” tashkilotining Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, mamlakatimiz paxta-toʻqimachilik klasterlariga paxta yetishtirishni jahon andozalari darajasida tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha rejalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarining Shvetsiyaga eksportini oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Lena Staafgard “Better Cotton Initiative” tashkiloti oʻzbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.