Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, shu vaqtda avtoturargoh nazorati xodimlari avtoturargohda joy yoʻqligini maʼlum qilishgan va avtomashinada kelgan fuqarolar hamda nazorat boʻlimi xodimlari oʻrtasida ogʻzaki tortishuv boshlangan.
Shundan soʻng A.Sh. oʻzining tanishlari - 1986-yilda tugʻilgan S.Sh., 1982-yilda tugʻilgan R.N., 1979-yilda tugʻilgan M.Sh., 1989-yilda tugʻilgan S.M.ni chaqirgan va ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan avtoturargoh oldida janjal koʻtarishgan.
Poytaxt IIBB maʼlumotida aytilishicha, bu shaxslar “Oltin markazi”da qorovul boʻlib ishlovchi 1986-yilda tugʻilgan Gʻ.I. va 1981-yilda tugʻilgan A.K.ni urgan vaqtida, markaz nazorat boʻlimi xodimi 1995-yilda tugʻilgan J.I. ularning bezorilik harakatiga chek qoʻyish maqsadida ajratmoqchi boʻlgan. Natijada ushbu shaxslar oʻz fuqarolik burchini bajarayotgan J.I.ni urib tan jarohati yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari davom etmoqda.