“Bilayn” brendining o‘zgartirilgan shakli qanday bo‘ladi?

    Bugun Rossiyaning «ВымпелКом» kompaniyasi  «Bilayn» brendining o'zgartirilgan shaklini namoyish etadi.

    Yangi tovar belgisi quyuq fonda sariq rangda kichik harf bilan yozilgan, uning ostida shar shaklidagi sariq-qora logotipning bir qismi joylashgan, deb yozadi RBC nashri.

    Mutaxassis fikricha, brendni yangilash masalasi "ancha oldin yetilgandi": "O'tgan yili kompniya rahbariyati yangilandi va yil oxirigacha abonentlar yo'qotilishini to'xtatishga muvaffaq bo'ldi. Oxirgi marta "Bilayn" o'z brendini 2005 yilda o'zgartirgan".

    Kompaniya direktori Aleksandr Torbaxov 2020-yilda boshqaruvga kelganda abonent bazasini yo'qotishiliga sabab bo'lgan holatlardan biri mijozlarga turli xizmatlarni majburlab "tiqishtirish"dan voz kechdi.

    Yangi logotipdagi - sariq va qora chiziqlar - London Wolf Ollins agentligi tomonidan tayyorlangan. TNS agentligi ma'lumotlariga ko'ra, rebrendingdan so'ng «ВымпелКом»ning sodiq abonentlari soni 22% dan 31% gacha oshdi.