Bild: Yevropa Ittifoqi sigaretani taqiqlash bo'yicha taklif tayyorlamoqda

    Yevropa Ittifoqi Kengashi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga muvofiq, elektron sigaretalar va filtrlangan tamaki mahsulotlarini taqiqlash bo'yicha taklif tayyorlamoqda.

    Bu haqda Bild nashri qo'lga kiritgan hujjatlarga asoslanib ma'lum qildi.

    Yevropa Ittifoqi Kengashi JSSTning “sigaretlarning jozibadorligini kamaytirish” bo'yicha tavsiyalarini qo'llab-quvvatlaydi. Bryussel “filtrlangan sigaretlarni ishlab chiqarish, import qilish va tarqatishni taqiqlashni” taklif qiladi. Elektron sigaretlarni taqiqlash “tartibga solishning qo'shimcha varianti” bo'ladi, deb xabar berdi report.az.

    Ta'kidlanishicha, taklif etilayotgan chora-tadbirlar Yevropa Ittifoqidagi tamaki bozori va tegishli qoidalar uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi. Birgina Germaniyada, Bildning ta'kidlashicha, sigaretlarning taxminan 95 foizi filtrlarga ega. Shu bois, Yevropa Ittifoqining potensial yangi choralari “de-fakto sigaretani taqiqlashga tengdir”.