баннер
28 Apr 2025
04:47

    Bild: Mangeymda haydovchining avtomobilni odamlar ustiga haydashi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi, 25 kishi jarohatlandi

    Germaniyaning Mangeym shahri markazida haydovchining avtomobilni odamlar ustiga haydashi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi, 25 kishi jarohatlandi. Bu haqda manbaga tayanib, Bild xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, 25 nafar jarohatlanganlarning kamida 15 nafari jiddiy jarohat olgan. Nemis OAVlarining xabar berishicha, Mangeym markazida politsiyaning yirik operatsiyasi davom etmoqda. Bu transport harakatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Politsiya fuqarolardan shahar markaziga bormaslikni so'ragan.

    So'nggi haftalarda Germaniyada haydovchilarning avtomobilni odamlar ustiga haydagani bilan bog'liq bir necha hujumlar sodir bo'ldi. Dekabr oyida Magdeburgda rojdestvo yarmarkasida mashinaning odamlarga borib urilishi oqibatida olti kishi halok bo'lgan edi. Fevral oyi o'rtalarida erkak haydovchi avtomobilni Myunxendagi mitingda ishtirok etayotgan bir guruh odamlar ustiga haydadi, deb xabar beradi belta.by.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech