Bu haqda Otabek Xasanov "Toshkent yoshlar forumi — 2021" doirasida yosh davlat xizmatchilari bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda ma'lum qildi.
— Bir paytlar ushbu platforma 5 ta vakant lavozim bilan ish boshlagan. O'tgan qisqa vaqt davomida barcha jarayonlar takomillashtirilib borildi. Ochiq tanlov yuzasidan murojaatlar boti ishga tushdi. Tanlov jarayonlarini ijtimoiy tarmoqlarda onlayn uzatish imkoniyati yaratildi. Qator vazirlik, idoralar bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi. To'g'ri, bu bir tomondan davlat xizmatiga ishga kirishni qiyinlashtirdi. Sababi, endi raqobatchilar bor. Bilim, tajriba, ko'nikma ochiq maydonda sinaladi. Bu esa bugungi kunda davlat xizmatini sifatli kadrlar bilan to'ldirishda muhim me'zon bo'lib xizmat qilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, bugun bir kunda o'rtacha 140 ta tanlov e'lon qilinib, 1350 nafar nomzod vakant lavozimlar uchun hujjat topshirmoqda, deb xabar bermoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati.