Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻtkaziladigan “Bilim uchun 100 million” olimpiadasining bu yilgi mavsumi onlayn bosqichida qariyb 120 ming oʻzbekistonlik ishtirok etdi.
Onlayn bosqichda eng yuqori oʻrinni qayd etgan TOP-100 ishtirokchi oʻrtasida 12 dekabr kuni olimpiadaning ikkinchi bosqichi — final oʻtkazildi.
Finalda Jahongir Toʻrayev eng yuqori ballni toʻplab, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi va 100 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, 99 nafar final ishtirokchisining barchasiga 1 million soʻmdan mukofot berildi.