Uning soʻzlariga koʻra, odamlar oʻz-oʻzini izolyatsiya qilishi va boshqalarga zarar yetkazmasligi uchun tez fursatda tahlil natijalarini bilishi kerak.

“Eng aqlga sigʻmaydigan tomoni, tahlil natijasini 48 soatdan koʻp muddatda olsangiz-da, sizga pul qaytarilmaydi”, deb qoʻshimcha qiladi u. Shuningdek, u avvalroq koronavirusga chalingan boʻlishi mumkin, degan fikrlarni ham rad etdi.

Bill Geytsning taʼkidlashicha, uning jamgʻarmasi virusga qarshi kurash uchun 250 mln AQSH dollari ajratgan.