Bill Geyts boyligining katta qismini Afrikaga beradi

    Voqea-hodisalar 3 Iyun 2025 571

    Microsoft asoschisi Bill Geyts boyligining asosiy qismini keyingi 20-yil ichida Afrikada sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlarini yaxshilashga sarflamoqchi, deya xabar bermoqda BBC.

    Milliarder Efiopiya poytaxti Addis Abebada nutq soʻzladi. U Afrikaning yosh innovatorlariga qitʼada sogʻliqni saqlashni yaxshilash uchun sunʼiy intellekt (SI)ni ishga solish taklifini bergan.

    Geyts jamgʻarmasining taʼkidlashicha, Afrika boʻyicha 3 ta ustuvor vazifa belgilab olingan:

    • onalar va chaqaloqlar oʻlimining oldini olish;
    • keyingi avlodning halokatli yuqumli kasalliklardan aziyat chekmasdan oʻsishini taʼminlash;
    • millionlab odamlarni qashshoqlikdan olib chiqish.

    May oyida Geyts boyligining 99 foizini xayriya qilishini eʼlon qilgandi. Uning boyligi 2045-yilga kelib 200 milliard dollarga yetishi prognoz qilingan. Forbes reytingiga koʻra, uning boyligi 2025-yilda 115,1 milliard dollarni tashkil etadi.