Microsoft asoschisi iqlim oʻzgarishini koronavirus pandemiyasiga qiyosladi, deb xabar beradi Tengrinews.kz muallif blogiga tayanib.

Milliarder mamlakatlarni xuddi COVID-19ga munosabat bildirgani kabi, iqlim oʻzgarishiga nisbatan befarq boʻlmaslikka chaqirdi, agar bu borada tuzatish choralari koʻrilmasa oqibatlari yana-da ogʻirroq boʻlishini taʼkidlamoqda.

Microsoft asoschisining qayd etishicha, iqlim oʻzgarishi tufayli oʻlim darajasi kelgusi qirq yil ichida koronavirus pandemiyasidan yuqori boʻladi.

“Agar dunyoda karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirmasak, pandemiya tufayli oʻlim va iqtisodiy qiyinchiliklar muntazam ravishda roʻy beradi. Iqtisodiy yoʻqotishlar koʻlami har 10 yilda COVID-19 bilan taqqoslanadi ”, dedi Geyts.

U karbonat angidrid chiqindilarisiz elektr energiyasi, tovar, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va odamlarni dunyo boʻylab harakatga keltirishga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Bill Geyts koronavirusga qarshi vaksinani vijdon bilan tarqatishni soʻragan edi. U vaksinani eng muhtoj boʻlganlarga tarqatishni taklif qilgandi.