Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro T.I. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 32 million 200 ming soʻmlik 161 quti biologik faol qoʻshimchalar noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, Qarshi shahrida oʻtkazilgan tadbirda fuqaro X.I.ga tegishli quti holislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, quti ichida kelgusida sotishga moʻljallangan 11 million 300 ming soʻmlik biologik faol qoʻshimchalar borligi aniqlandi.

Shuningdek, Qarshi shahrida oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida, fuqaro X.I. dastlabki qiymati 22 million 500 ming soʻmlik jami 50 dona biologik faol qoʻshimchalarni qonunga zid ravishda sotmoqchi boʻlgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatib qolindi.

Hozirda aniqlangan ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.