Biologiya darsliklarida tasvir va diagrammalar ko‘p. Odam tanasining uch o‘lchamda tasvirlangan va har bir organ faoliyati aks ettirilgan virtual taqdimotini tasavvur qiling. Bunday taqdimotlarni o‘quvchilar uzoq vaqt esda saqlaydi.

Hujayraning tuzilishini darslikdan o‘qib tushunish birmuncha murakkab. Ko‘rgazmali tasvirlardan foydalanilsa, tasavvurlar yanada yorqin va tushunarli bo‘ladi. Hozirda avvalgidek sinf taxtasida bo‘r bilan yozish va ko‘rgazma rasmlardan foydalanish vaqti o‘tdi.

O‘quvchilar yangi tushunchalar haqida rasmiy bilimlarni to‘plamasdan, balki ularni tushunib olishlari juda muhim. Biologiya fanini o‘qitish yanada samarali bo‘lishi uchun o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchilar axborot kommuntkatsiya texnologtyalarini ishlab chiqishlari va undan foydalanishni rag‘batlantirishlari zarur.

O‘qituvchilar yanada samarali o‘qitish uchun proyektorlar va axborot kommuntkatsiya texnologtyalardan foydalanib, jonli o‘quv sinflarini tashkil etishi lozim.
Buning uchun fan o‘qituvchilari dars o‘qitish uchun Word, Excel, Power Point, Flash, Movie Maker kabi turli dasturiy ta’minotlardan va boshqa “Veb” vositalardan foydalanishni o‘zlashtirib olishlari shart.

Hozirgi zamon mutaxassislari faoliyat doirasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi keng ko‘lamdagi bilim va ko‘nikmalar hamda ulardan foydalanish borasidagi malakalarga ega bo‘lishi davr talabidir. Jamiyatning tobora informatizasiyalashib borishi uzluksiz ta’lim tizimida ham axborot kommunikatsiya texnologiyalardan unumli foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Muxabbat Ximmatova, 
Jarqo’rg’on tumanidagi 
14-son umumtalim maktabi 
biologiya o’qituvchisi