Konferensiyada “Tibbiyot texnikasi va texnologiyasi”, “Biotibbiyotda informatsion texnologiyalar va telemeditsina”, “Tibbiyotda optoelektron tizimlari”, “Tibbiyotda nanoelektronika tizimlari” yoʻnalishlarida shoʻbalar ish olib bordi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, biotibbiyot texnologik yangiliklar zamonaviy ilmiy va iqtisodiy dunyoda eng talabga sazovor soha. Oʻtgan oʻn yil ichida biotibbiyot butun dunyo boʻylab investorlar eʼtiborini jalb qildi. Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, kelgusida inson hayotini yoki organizmini yaxshilashga hissa qoʻshadigan biotexnologiyalar jadal rivojlanadigan sohalardan biri boʻlishi mumkin. Shu bois ham, biotibbiyot muhandisligining innovatsion muammolari va uning rivojlanish istiqbollarini oʻrganish, bu boʻyicha mutaxassislar tayyorlashga yangicha yondashuv, sohada ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishning ahamiyati kattadir.