Sanʼatshunoslik ekspertizasi xulosasiga koʻra – nikel, mis, kalay va kumush aralashmasidan qoʻldan ishlangan ushbu bilaguzuklar XX asr boshlariga mansub boʻlib, tarixiy-badiiy qiymatga ega madaniy boylik hisoblanadi.
Jinoyat ishlari boʻyicha, Shovot tuman sudining qaroriga asosan qadimiy ashyolar davlat egaligiga oʻtkazildi va Xiva “Ichan-qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasiga topshirildi.
Eslatib oʻtamiz: bilaguzuk ayollar bilagiga taqadigan zargarlik buyumi boʻlib, uning bodomcha, yapaloq, ilon boshi, baqabosh va boshqa turlari bor, asosan oltin, kumush yoki misdan yasaladi.
Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish mumkin emas.