Bir guruh davlat xizmatchilarini mukofotlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimizdagi tub islohotlar va davlat dasturlari ijrosini muvaffaqiyatli amalga oshirish, Asaka tumanining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, o‘zining boy bilim va tajribasi, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyati bilan hududlar infratuzilmasini takomillashtirib, «Islohotlar shtabi» faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yganligi, xalqimiz manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, aholi tinchligi va farovonligini ta’minlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Mo‘minov Nasibulla Nabiyevich - Andijon viloyati Asaka tumani hokimi

    «Jasorat» medali bilan

    Mirzakarimov Akmaljon Dilmuradovich - Andijon viloyati Asaka tumani prokurori

    Nazirov Shoxruxbek Xolmuxamedovich - Andijon viloyati Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

    Raximov Ilxomjon Gulamovich - Andijon viloyati Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i

    «Shuhrat» medali bilan

    Nabiyev Farxod Kabuljanovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev