Bir guruh nuroniylar “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

    Taqdirlanganlar roʻyxati “Nuroniy” gazetasining maxsus sonida eʼlon qilingan.

    Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash «Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni hamda “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida»gi 2017-yil 14-iyuldagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik Kengashi mamlakatimizda oʻz mehnati, obroʻ-eʼtibori bilan jamoadoshlari, mahalladoshlari orasida hurmat-ehtiromga ega bir guruh zamondoshlarimizni “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlab keladi.

    “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida “Pravda Vostoka” gazetasining faxriy xodimi – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Lyalya Isamuxamedova va jamoamizda mehnat faoliyatini davom ettirayotgan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Timur Nizayev ham bor.

    “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan barcha vatandoshlarimizni chin dildan qutlaymiz!