Bir guruh rossiyalik mutaxassislar Oʻzbekistonga kelishi kutilmoqda

    Xalqaro hamkorlik 15 Avgust 2020 616

    Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova maʼlum qildi.

    16-avgust kuni 40 nafar mutaxassis koronavirusga qarshi kurashda koʻmaklashish uchun kelishlari kutilmoqda. Bir oy davomida ular koronavirusga qarshi kurashish doirasida oʻzbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlashadi, amaliy-uslubiy yordam berishadi.

    Ularning barchasi COVID-19 tashxisli bemorlarni davolash tajribasiga ega. Shifokorlar guruhida anestiziolog-reanimatologlar, infeksionistlar, epidemiologlar va terapevt shifokorlar bor.