Unda Rossiya, Armaniston, Belarus`, Qozog'iston va O'zbekistondan yosh matematiklar ishtirok etdi. Ayni paytda mazkur olimpiada natijalari e'lon qilindi.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli olimpiadada Buxoro davlat universiteti Qorako'l akademik litseyi o'quvchilari SHahboz Hasanov, Abdulaziz Hayitov, O'lmasbek Hazratov hamda Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi o'quvchisi Vafo Tog'aevlar muvaffaqiyat qozonishdi.

G'olib o'quvchilar Rossiya milliy yadro tadqiqot universitetining “Moskva injenerlik-fizika instituti”da grant asosida o'qish yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.