Unga ko‘ra, 2022-yilning 22-noyabr kuni Namangan shahrida yashovchi 39 yoshli N.U. uning ishonchiga kirib, Toshkent va Namangan shaharlaridagi avtosalonlarda tanishlari borligini, ular orqali 1 hafta muddat ichida avtosalondan 3 dona yangi “Gentra” rusumli avtomashina olib berishini vaʼda qilgan. Buning uchun oldindan 40 000 AQSH dollari miqdorida pul kerakligini aytib, aldov yo‘li bilan ushbu pulni qo‘lga kiritgan. Biroq bergan vaʼdasini bajarmagan, pullarni ham qaytarib bermagan. Murojaatchi mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Jizzax shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda Sizga halol inson sifatida tanish bo‘lmagan shaxslarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlar to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda", deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.