Bir haftada onlayn auktsion orqali 8,7 mlrd so'mlik 1 498 ta avtoraqamlar sotildi

    Sanoat 29 Iyun 2020 712

    O'tgan hafta davomida, ya'ni 22 – 28 iyun` kunlari "O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 119,8 mlrd so'mlik tovarlar sotilgan bo'lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 3,8% ga ko'pdir.

    Bunda sotuvlarning 87,4% - birja savdolari, 4,8% - ko'rgazma-yarmarka savdolari, 6,8% - elektron davlat xaridlari va 0,9% - avtoraqamlarning onlayn-auktsioniga to'g'ri keldi.

    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 427,0 mlrd so'mni tashkil qildi, bu esa avvalgi haftaga nisbatan 5,6% ga ko'pdir. Davlat xaridlari tizimlarida o'tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining 17,0 mlrd so'mlik mablag'lari tejaldi.

    Ko'rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auktsion orqali 1 498 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 8,7 mlrd so'mni tashkil qildi, bu esa oldingi haftaga nisbatan 19,5% ga ko'pdir. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5,1% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 17,8% ikkinchi, 24,2% uchinchi, 12,3% to'rtinchi, 16,9% beshinchi va 23,8% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

    Birja savdolari

    Ko'rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 979,1 mlrd so'mlik tovar resurslari sotildi, bu ko'rsatkich oldingi haftaga nisbatan 4,9% ga ko'pdir. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo'yishdi, shu jumladan:

    Paxta yog'i

    O'tgan haftada birja savdolariga 4 364,0 tonna paxta yog'i qo'yildi va ulardan 1 488,0 tonnasi, ya'ni 34,1% sotildi. O'tkazilgan savdolarda har kuni o'rtacha 73 ta xaridor ishtirok etdi.

    Ko'rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog'ining kunlik o'rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9 319,0 ming so'mdan 9 106,8 ming so'mgacha, ya'ni 2,3% ga pasaydi. Hafta yakunlariga ko'ra 1-navli paxta yog'ining haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,8% ga pasayib, mahsulotni bir tonnasi uchun 9 000,5 ming so'mni tashkil etdi.

    SHakar

    Hafta davomida birja savdolariga 3 965,0 tonna shakar qo'yildi va ulardan 252,0 tonnasi, ya'ni 6,3% sotildi.

    Ko'rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo'yicha shakllangan kunlik o'rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 832,1 ming so'mdan 5 850,0 ming so'mgacha, ya'ni 0,3% ga ko'tarildi. O'tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo'yicha shakllangan o'rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan 2,2% ga o'sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 5 841,4 ming so'mni tashkil etdi.

    Benzin

    O'tgan haftada birja savdolariga 159 199,0 tonna AI-80 markali avtomobil` benzini qo'yildi va ulardan 22 117,7 tonnasi, ya'ni 13,9% sotildi. O'tkazilgan savdolarda har kuni o'rtacha 69 xaridor ishtirok etdi.

    Birja savdolarida “O'zbekneftegaz” AJ neft` bazalari, avtomobil` yoqilg'i quyish shaxobchalari va benzinni o'z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar ishtirok etishdi.

    Ko'rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil` benzinning kunlik o'rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 731,6 ming so'mdan 3 968,2 ming so'mgacha, ya'ni 6,3% ga ko'tarildi.

    AI-80 rusumli avtomobil` benzinning o'rtacha haftalik kotirovkasi 5,8% ga ko'tarilib, benzinning bir tonnasi uchun 3 829,0 ming so'mni, AI-91 benzinining o'rtacha haftalik kotirovkasi 1,2% ga ko'tarilib, benzinning bir tonnasi uchun 4 458,9 ming so'mni tashkil etdi.

    eslatib o'tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil` benzinining bir tonnasi o'rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.