Holat boʻyicha Andijon viloyati IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, guruh boʻlib bir kishini ayovsiz tarzda kaltaklagan «zoʻravon» lar ushlandi.
Holat boʻyicha «zoʻravonlar»ga nisbatan, Xoʻjaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-modda 2-qismi «i» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi taʼminlanadi», – deyiladi munosabatda.
Holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi.