Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma'lum qildi.
“Chaqnash faolligi – 24 soat ichida 10 dan ortiq, xususan, eng yuqori X toifadagi chaqnash hodisasi yuz berdi; Yerga ta'siri o'rtacha bo'lib, 11-12-noyabr kunlari eng yuqori cho'qqisiga yetadi”, deyiladi bayonotda.
Shu bilan birga, mutaxassislar keyingi 24 soat ichida zaif geomagnit buzilishlar va past darajadagi bo'ronlar bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi. Bundan tashqari, Yerga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan yanada kuchli quyosh chaqnashlari ehtimoli saqlanib qolmoqda, deb xabar berdi report.az.








