2021-yilning 26-mart kuni “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar boʻlimlari tomonidan 73-marta nazorat tadbirlari oʻtkazilgan boʻlib, 21 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Tahlillarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, “Oʻzagroinspeksiya”ning Urgut tumani boʻlimi tomonidan bir kunda 9 ta monitoring tadbirlari oʻtkazilgan boʻlib, 5 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Payariq tumanida oʻtkazilgan 9 ta monitoring tadbirlari davomida 3 ta, Nurobodda 6 ta monitoring tadbirining 1 tasida hamda Inspeksiyaning Oqdaryo tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan 4 ta monitoring tadbirining 2 tasida qonunbuzilish holatlari sodir etilgani maʼlum boʻldi. Qonunbuzilish holatlarining yuzaga kelishi sabablari, uni keltirib chiqargan omillar chuqur tahlil etilib, ularga nisbatan huquqiy taʼsir chorasi koʻrildi.

Jumladan, qonunbuzilish holatlari yuzasidan qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlariga nisbatan 6 ta yozma koʻrsatma berilib, 14 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilindi. Yuqoridagi singari salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida tegishli sohalar rahbarlariga 52 ta ogohlantirishlar berildi.

“Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi

axborot xizmati