Shifokorning aytishicha, odam bir sutkada har bir kilogramm vazni uchun 40 millilitr suv iste'mol qilishi lozim. Suv organizmga nafaqat sof holatda, balki choy, qahva, sho'rva va boshqa ichimliklar shaklida o'zlashtiriladi. U yoki bu shaklda ham uning tarkibida suv mavjud bo'ladi.
Mevalar va sabzavotlarda, ayniqsa, suv miqdori ko'p bo'ladi. Pishiriqlarda suv miqdori kam. Biroq hatto 100 gramm qotgan non tarkibida 10 millilitr suv mavjud.
“Bir sutkda 1,5 litr suv iste'mol qilishni tavsiya qilaman”, deydi nutritsiolog.
Shifokor mazkur me'yordan ortiq va kam bo'lmagan miqdorda suv iste'mol qilishni tavsiya etdi. Tahlillar shuni ko'rsatyaptiki, suyuqlikni 30 foiz yetishmovchiligi qandli diabetning ikkinchi turi rivojlanishiga, zararli elementlarning chiqarib yuborilishiga to'sqinlik qilib, teri sifatida salbiy ta'sir ko'rsatadi.
“Suvni bir sutkada 1,5 litrdan ko'p miqdorda iste'mol qilish, ayniqsa, birvarakayiga 200-500 millilitr ichish yurak-qon tomir, gipertonik kasalligi bor odamlarning arterial bosimini oshiradi”, deydi shifokor.
Uning so'zlariga qarganda, bunga sabab harakatlanadigan qon miqdornining oshishi natijasida qon tomirlari tezda kengayishga ulgurmaydi. Natijada arterial bosim oshadi, deyiladi iz.ru saytida.