“Bir makon, bir yoʻl” konsepsiyasida Markaziy Osiyo mintaqasi hal qiluvchi asosiy sherik oʻrniga ega

    Fikr 19 Oktabr 2023 1027

    Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pekindagi “Bir makon, bir yoʻl” uchinchi xalqaro forumida ishtiroki yuzasidan Rossiyada faoliyat koʻrsatadigan “Vektor” Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti direktori Andrey Xriyenko quyidagi fikr-mulohazalarini bildirdi:

    — Shuni taʼkidlashni istardimki, “Bir makon, bir yoʻl” 3-xalqaro forumi bugungi kundagi mintaqaviy va global xalqaro kun tartibi, jumladan, MDH mamlakatlari uchun juda muhim voqea hisoblanadi.

    “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini amalga oshirish jarayoni tez surʼatlar bilan davom etyapti. Men shu oʻrinda ushbu konsepsiyaning eng muhim ishtirokchisi boʻlgan Markaziy Osiyo mintaqasining asosiy hal qiluvchi sherik sifatida oʻrnini qayd etishni istar edim.

    Bu jarayonni amalga oshirishda Oʻzbekiston alohida ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidlash joiz. Ayni paytda Toshkent ushbu tashabbusning faol ishtirokchisi boʻlib, koʻplab loyihalarni ilgari suryapti va muvaffaqiyat bilan hayotga tatbiq etyapti.

    Shuningdek, Oʻzbekistonning xalqaro kun tartibidagi eng dolzarb masalalar boʻyicha ancha faol oʻrniga urgʻu bermaslikning iloji yoʻq. Buni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu tadbirda konstruktiv takliflar bildirgan tashqi siyosiy faoliyati bilan ham baholash maqsadga muvofiq boʻladi.

    Shuni ham taʼkidlashni istardimki, barcha xalqaro forumlar va yuqori darajadagi tadbirlarda Oʻzbekiston Prezidenti juda muhim takliflarni ilgari suradi”, — deb fikr bildirdi A. Xriyenko “Dunyo” axborot agentligiga.