Bir maktabning ikki oʻquvchisi muddatidan oldin talaba boʻldi

    Ta'lim 5 May 2021 1191

    Jomboy tumanidagi 40-IDUMning bitiruvchilari Dostonbek Islomov hamda Mirsharif Azimjonov Toshkent shahridagi Puchon universiteti Arxitektura yoʻnalishiga imtihonlardan oʻtib, muddatidan avval talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻldi.

    40-IDUMning 4 nafar bitiruvchisi IELTS va CEFR sertifikatlarini qoʻlga kiritib, OTMga oʻqishga kirishda maʼlum imtiyozlarga ega boʻlishgan.

    Bitiruvchilarning bunday muvaffaqiyatlarga erishishida maktab direktori Shohista Namozova hamda Mashrab Ostonov, Sanobar Xoʻrazova, Sohiba Ikromova hamda Nilufar Saidova kabi yuqori malaka va tajribaga ega ustozlarning hissasini alohida eʼtirof etish joiz.