Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika byudjetidan Samarqand viloyatidagi 96 ta maktabga kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi.
Bundan tashqari, Koreya Respublikasining Eksembank loyihasi doirasida viloyatdagi umumtaʼlim maktablariga 109 ta kompyuter jamlanmalari yetkazib berilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida: Vazirlar Mahkamasining 716-sonli qaroriga asosan mahalliy byudjetdan 78 ta maktab uchun moʻljallangan kompyuter jamlanmalari ochiq onlayn tanlovga qoʻyilgan.
Tanlov yakuniga yetgach mazkur kompyuterlar ham oʻz egalariga yetkaziladi, deya xabar bermoqda Xalq taʼlimi vazirligi.