Farmonga koʻra, 2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish borasida quyidagilar amalga oshiriladi:
“Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targʻib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yoʻlga qoʻyiladi.
2025/2026 oʻquv yilidan:
— Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi kabi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti etib belgilanadi;
— respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv taʼlim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumtaʼlim maktabi faoliyati tashkil etiladi;
— “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi;
2025-yil 1-martgacha toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishning inson salomatligiga foydasini targʻib qilishni kuchaytirish dasturi ishlab chiqiladi;
2025-yil 1-avgustgacha oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, boshqarish va monitoring qilish maqsadida idoralararo yaxlit Milliy axborot platformasi ishlab chiqiladi.