Uning bitta eshik va yagona farasi bo'lib, mashinaga bitta odam sig'adi. “Peel P50” uzunligi 1372 millimetrni, eni esa 991 millimetrni tashkil etadi.

Avtomobil` 4,2 ot kuchiga ega 49 kubli mototsikl dvigateli bilan jihozlangan. Agregat uch pog'onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi ve tezligi soatiga 61 kilometrgacha etishi mumkin. Maksimal tezligi haydovchining og'irligiga bog'liq. Mitti modelning yoqilg'i sarfi 100 kilometrga 2,8 litrni tashkil etadi. Peel P50 1962—1965 yillar davomida ishlab chiqarilgan. Bu davr mobaynida konveyrdan 50 dona minimobil chiqqan bo'lib, hozirga qadar ularning 27 nusxasi saqlangan.

Sotuvga qo'yilgan va kuzovi Leon Lyoventraut tomonidan bo'yalgan avtomobil` klassik modelning zamonaviy ko'rinishi hisoblanadi. Modelning minimal narxi 15 879 funt sterling bo'lib, art-kar narxi esa — 150 ming evroni tashkil etadi.