Bir oilaning 5 a'zosini qasddan o'ldirishda gumonlanayotgan shaxs ushlandi

    Tashvishli xabar 27 Iyul 2024 435

    U oilaning 5 nafar a'zosi o'ldirib, uyini yoqib yuborgan.

    Yangiyo'l tumanida 5 nafar shaxsni qasddan o'ldirishda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlangani haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

    Olingan dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, gumonlanuvchi shaxs (1995 y.t.) jabrlanuvchi erkak (marhum)ning qarindoshi hisoblanib, u ushbu jinoyatni o'rtalaridagi mavjud qarz munosabati sababli sodir etgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Marhumlar: 1991 y.t. erkak, 1999 y.t. ayol, 2021 va 2022 y.t. o'g'il bola va 2018 y.t. qiz — bir oila a'zolari bo'lgani aytilmoqda.