Unga ko'ra, 2022-yilning 10-iyulidan “Toshkent—Qo'ng'irot—Toshkent” yo'nalishida harakatlanadigan 54/53-sonli hamda “Andijon—Qo'ng'irot” yo'nalishida harakatlanadigan 653-sonli yo'lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga o'zgarish kiritiladi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rasmiy manbalari orqali xabar berdi.

Unga ko'ra, “Toshkent—Qo'ng'irot” yo'nalishida qatnovini amalga oshiradigan 54-sonli yo'lovchi poezdi joriy yil 10-iyul kuni soat 20:13 da Toshkent janubiy temir yo'l vokzalidan, “Qo'ng'irot—Toshkent” yo'nalishida qatnovini amalga oshiradigan 53-sonli yo'lovchi poezdi esa joriy yil 11-iyul kuni soat 16:37da Qo'ng'irot temir yo'l vokzalidan, “Andijon—Qo'ng'irot” yo'nalishida qatnovini amalga oshiradigan 653-sonli yo'lovchi poezdi 10-iyul kuni soat 15:47da Andijon temir yo'l vokzalidan harakatlanadi.

 Shuningdek, mazkur poezdlar harakat jadvaliga o'zgartirish kiritilganligi bois, 

2022-yil 8-iyul kuni 11-sonli “Buxoro —Toshkent”,

2022-yil 10-iyul kuni 55-sonli “Xiva—Toshkent”,

2022-yil 11-iyul kuni 657- sonli “Andijon—Qo'ng'irot”,

2022-yil 12-iyul kuni 658-sonli “Qo'ng'irot—Andijon”

2022-yil 12-iyul kuni 3-sonli “Qarshi—Toshkent”,

2022-yil 14-iyul kuni 391 - sonli “Andijon—Buxoro”,

2022-yil 15-iyul kuni 655/656 -sonli “Andijon—Xiva”,

2022-yil 16-iyul kuni 656/655- sonli “Xiva—Andijon”,

2022-yil 16-iyul kuni 654- sonli “Qo'ng'irot—Andijon” yo'nalishlarida qatnovini amalga oshiradigan yo'lovchi poezdlar harakat jadvaliga ham o'zgarish kiritiladi.

Izoh: Qo'shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan, shuningdek, shipta.railway.uz saytidan bilib olishingiz mumkin.