Gʻayrat Sheraliyevning xalqchil, oʻynoqi, yurakka yaqin sheʼrlarini oʻqir ekansiz, inson ruhiyatining goʻzal manzaralarini, tuygʻularning oʻziga xos ifodalarini koʻrasiz. Ayniqsa, yumorga boy sheʼrlarda ham begʻubor hayajon, oʻzgacha falsafa bor.
Insonni oʻziga ohanraboday tortguvchi sheʼrlarning ritmi, ohangi, uslubi borligi tufayli boʻlsa kerak, koʻpgina sheʼrlari taniqli sanʼatkorlar tomonidan qoʻshiq qilib kuylanmoqda.
Kitobni oʻqib oʻzbek sheʼriyatida oʻzgacha ovozga ega shoir shakllanganini anglaysiz. Shoirning orzu-armonlari, fikr-oʻylari qalbga yorqin taassurot bagʻishlaydi, oʻquvchini yaxlit mushohadaga undaydi.
Gʻayrat Sheraliyevning mazkur sheʼriy toʻplami sizga manzur boʻladi degan umiddamiz.